Play Market dan foydalanish.

Play Market o’zi nima?

Play Market — bu android tizimidagi telefonlar uchun maxsus mobil dokoncha deb faraz qilamiz. Sizning android telefoningizga kerakli o’yin va dasturlarni ishonchli yuklab olish joyidir. U yerda dastur va o’yinlardan tashqari yana bir necha xil elektron maxsulotlar mavjud. Ular: Kino filmlar, elektron kitoblar va musiqalar. Ushbu dokonda bepul maxsulotlar qatorida pulliklari ham bor. Play Market telefon uchun bir dastur yoki o’yin yuklab olish uchun eng havfsiz va ishonchli hisoblanadi. Negaki unga joylab boriladigan har qanday elektron maxsulorlar dokon ma’muriyati tomonidan qattiq nazorat ostida tekshiriladi. Play Marketdan foydalanish uchun esa google tizimida ro’yxatdan o’tgan bo’lishingiz kerak.

Ro’yxatdan o’tish.

Blog dagi dastlabki mavzuni Play Market tizimidan foydalanishdan oldingi bajariladigan amallar bilan tanishtirishdan boshlashni maqul topdik.

Boshladik.

Telefonimizdan mavjud wifi tizimiga ulanamiz yoki qurilmadan internet tarmog’ini yoqamiz;

2. Mobil telefon yoki Plnshet dan Play Marketga kiramiz, pastki qismda uning belgisini ko’rsatdik;

.

3. Dastur ochilganida shunday holatda ko’rinadi. Ayrim telefonlarda boshqacha dizaynda ko’rinishi mumkun. Bu telefonning proshifkasiga bog’liq albatta. Lekin asosiy mazmun o’zgarmaydi. Yani Play Market dan foydalanish uchun avval Google akkauntiga kirish yoki yangi ro’yxatdan o’tkazish.

Новый ga bosamiz

4. Keyingi sahifada ISM FAMILIYA kiritamiz.

birinchi qatorga ism ikkinchi qatorga esa familiyangizni kiriting va o’ng tarafga qaratilgan strelkani bosing.

Eslatib o’tamiz kiritiladigan shaxsiy ma’lumotlar Google kompaniyasi tomonidan maxfiy saqlanadi.

5. Keyingi sahifada esda qolarli so’z kiritamiz. Bu sizning kirsh loginingiz hisoblanadi.

qatorni keraklicha to’ldirib o’ng tarafga qaratilgan strelkani bosing.

kiritilgan login eng kamida 8 ta belgidan iborat bo’lishi shart, belgilarda maxsus belgilar qatnashishi mumkun.

6. Keyingi sahifada kiritilgan login band yoki band emasligi tekshiriladi.

biroz kuting

Tekshiruv natijasida kiritgan loginingiz google tizimida mavjud bo’lmasa u keyingi parol o’rnatish sahifasiga o’tadi. Aks holda boshqa login yozishingiz haqida ma’lumot ko’rinadi. Agar loginingiz band bo’lsa, tanlangan login yoniga qandaydir harf yoki belgi qo’yib tekshirishingiz ham mumkun.

7. Aytib o’tganimizdek login ni kiritib bo’lgandan so’ng parol o’rnatish sahifasi paydo bo’ladi.

berilgan ikka qatorga ham 8 ta belgidan kam bo’lmagan parolni kiriting, ikkala qatorda kiritilgan parollar bir xil bo’lishi kerak.

8. Keyingi qadam google qoidalariga rozilik bildirish bo’ladi.

Принимаю ni bosing

9. Keyingi qadam. Tizimga kirishni tasdiqlash.

Bu rasm kodi deyiladi (captcha). Rasmdagi berilgan belgilar, harflar, raqamlar qanday ko’rsatilgan bo’lsa (masalan: katta harfda bo’lsa katta harfda, kichik harf ko’rsatilsa kichik harfda) belgilar pastidagi qatorga shunday yozish kerak. Rasm kodini kiritib bo’lganingizdan so’ng o’ng tarafga ko’rsatilgan strelkani bosing.

10. Keyingi sahifada to’lov usullarini ko’rsatish kerak bo’ladi. Mavzuni shu yeridan chiqib ketmay diqqat bilan kuzating. Hech qanday pul olinmaydi sizdan.

Пропустить ni bosing.

11. Tabriklaymiz! Siz play market tizimi uchun google da muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tdingiz.

Endi istalgan dastur va o’yinlaringizni telefoningizga bemalol yuklab olishingiz mumkun.

Aytgancha MB ga ham ahamyatliroq bo’ling 😉

 

Ushbu lavha muallifi Mahammadjonov Shohjahon. Etiboringiz uchun tashakkur!!!

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

комментария 2

  1. Nurmuhammad:

    O`qib bilim o`rgan

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *