Yaponiyaning The World Is Yours brendi sharqona naqshlar tushirilgan krossovkalarini taqdim etdi
Yaponiya brendi ikki xil — kulrang va qora rangli Dac Japonica krossovkalarini taqdim etdi. Ikkala model ham yashil poshna va kontrast oxircho‘pga ega, deb xabar beradi “Afisha.uz”.
Peysli naqshi (qalampirnusxa) — tomchisimon shaklga ega dekorativ ornament oyoq kiyim bezagiga aylangan. U “but” deb ataluvchi takroriy elementlardan iborat. Forschadan u “butazor” yoki “barglar uyumi” deya tarjima qilinadi.
Model tekstik yuqori va dumaloq tumshuq qismga ega. Oyoq kiyim jamlanmasi tout-sumka bilan yetkazib beriladi.
The World is Yours brendining Dac Japonica krossovkalarini HBX sayti orqali 493 dollarga xarid qilish mumkin.
Avvalroq reper Tommi Kesh va Adidas Originals uzunligi 1 metrni tashkil qiladigan krossovka modelini namoyish etilgani, Yaponiyada pedikyur qilingan oyoq ko‘rinishidagi botinkalar ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Источник: Daryo.uz