Oddiy odamlarning yog‘ochdan yasagan san’at asari darajasidagi jihozlari (foto)
Uyni kerakli jihoz va buyumlar bilan to‘ldirish uchun har doim ham xarid qilishga hojat yo‘q. Internetdagi tavsiyalar asosida kerakli buyumni mustaqil ravishda yasasa ham bo‘ladi.
“Rafiqam 150 dollarlik stulni olishni istaganida unga o‘zim yasay olishim va buning uchun yarim narxi ketishini aytgandim. Aytganimdek yasay oldim, faqat buning uchun 300 dollar sarfladim”.
“Bolalar xonasi uchun kitob javoni yasadim”.
Mayda faner (yupqa yog‘och qatlami) bo‘laklaridan yasalgan, kran ko‘rinishidagi yorituvchi lampa.
“Dastgoh ishlatmay turib poyabzal qo‘yish uchun shkaf yasadim”.
“O‘g‘lim ko‘zoynaklarini qo‘yishi uchun ikki qavatli mini karavot yasab berdim”.
Uch nafar farzandi bor ayolning o‘zi shkaf yasay oldi.
“6 dollar sarflab, gullar turishi uchun taglik yasadim. Rafiqam esa xuddi shunaqasini 74 dollarga olmoqchi edi”.
“Internetda ko‘rgan bir nechta loyihalarimni birlashtirib, poyabzallar uchun javon yasadim”.
“O‘g‘lim uchun yog‘ochdan uzunligi 42 santimetrni tashkil etadigan mashina yasadim”.
“Do‘stimning kuchugi uchun uycha yasadim”.
Uy egasining o‘z qo‘li bilan yasagan bezakli lampalari.
“Bir necha kun avval kresloni yasab bitirdim”.
Eman va yong‘oq daraxtidan yasalgan kitob javoni.
Uy egasining televizorni devorga ilishga ruxsat bermagani, ijarada turadigan erkakning o‘z qo‘llari bilan shkaf yasashiga sababchi bo‘ldi.
Yog‘och qoldiqlaridan yasalgan salfetka soladigan idish.
“Yong‘oq daraxtidan kreslo yasab, yumshoq qismi uchun charmdan foydalandim”.
“O‘z qo‘llarim bilan yasadim, ammo bu men o‘ylaganimdan qiyinroq bo‘ldi”.
Источник: Daryo.uz