Tushda do’zax | Тушда дузах
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida har kim o‘zini Do‘zaxda ko‘rsa, gunoh qilishdan qo‘rqmaydigan ekaniga dalildir. Tushida Do‘zaxdagi zaqqum (tikanli o‘simlik) va hamim (ter suv) dan yeb-ichayotganini ko‘rsa, botil ilmlar bilan shug‘ullanishini bildiradi. Tushida shamshir olib, Do‘zaxga borganini ko‘rsa, yaramas va yoqimsiz so‘zlar aytishiga dalildir. Do‘zaxda biror narsa yeyayotganini tush ko‘rsa, yetimning molini va sudxo‘rlikdan kelgan foydani yeyishini bildiradi. Do‘zax yaqinida olov yoqayotganini tush ko‘rsa, og‘ir ishga yuzlanishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida uni ko‘tar-ko‘tar qilib, Do‘zaxga olib ketayotganlarini ko‘rsa, oqibatda kofir bo‘lishini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Ular yuz tuban hollarida do‘zax sari sudraladigan Kunda (ularga): Do‘zax ta’-sirini totib ko‘ringlar! (deyilur) (Qamar surasi, 48-oyat).
Tushida Do‘zaxga kirganini va qaytib chiqqanini ko‘rsa, qilgan gunohlaridan tavba qilishini bildiradi. Tushida uni Do‘zaxga olib ketayotganlarini, u esa faryod qilolmayotganini ko‘rsa, kofirlikka dalolat qiladi.
Tushida Do‘zaxdan qichqiriq ovozini eshitsa, podshohning zahmati va siyosati unga yetishiga dalildir. Tushida Do‘zax yaqinida qaror topganini ko‘rsa, olam uning uchun tangu tor bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi Do‘zax olti narsani bildiradi: Alloh ta’olo g‘azabini; gunohga mubtalolikni; sulton jabrini; to‘rtinchidan to oltinchigacha musibat va g‘amni.
Yangi sharhlar