Tushda kiprik | Тушда киприк
KIPRIK (MIJGON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kiprik dinni asrash bo‘ladi. Tushida kipriklari qimirlayotganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Tushida ko‘z kipriklari to‘kilib ketganin ko‘rsa, dinida buzilish paydo bo‘lishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida kipriklarining qayrilganini ko‘rsa, uning mikdoricha moliga ziyon yetishini bildiradi. Kipriklarining harakatga kelganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kiprik to‘rt narsaga dalildir: dinni asrashga; muvofiq do‘stga; boylik va rizqqa; shodlikka. Umuman, kiprikda ko‘rilgan barcha yaxshilik va yomonlik shu to‘rtta narsaga dalildir.
Пример HTML-страницы