Tushda sigir | Тушда сигир
An-Nobulsiy: Sigir bu yillarga dalolat qiladi. Qora va sariq rangli sigir hursandchilik, mo’l-ko’lchilik yiliga dalolat qiladi. Agar sigirning qashqasi bo’lsa, yil boshidagi mashaqqat bo’ladi. Yonboshida ola-bula ranggi bo’lsa yilning o’rtasidagi mashaqqat demakdir. Agar sigirning orqa tarafida ola-bulasi bo’lsa yil oxiridagi mashaqqatga dalolatdir.
Semiz sigir hosildor yillarga, oriq sigir esa qurg’oqchilik, unumsiz yillarga dalolatdir. Tushda sigir go’shtidan yeyish yil mobaynida halol mol topishni ifodalaydi. Aytishlaricha, sigir unga yetishish va go’shtidan yeyish miqdoricha kengchilik, ulug’lik va sharafli moldir.
Agar sigir semiz bo’lsa, taqvodor xotindir, agar sigir shoxdor bo’lsa itoatsiz xotindir. Sog’in sigir foydasi ko’p xotindir. Kim sigir sog’shni iroda qilsa, sigir uni shoxi bilan man qilsa bu ham itoatsiz ayoldir.
Kim boshqaning sigir sog’ayotganini ko’rsa, sigir uni man qilmasa, sog’uvchi uning ayoliga xiyonat qiladi. Tushida xotini sigir sog’ib sutni zoye qilganini ko’rsa, uning ayoli fasod ish qiluvchidir. Agar sigirni jimo qilsa, o’ngida serhosil yilga yetadi. Sigirning oshqozoni mol va rizqdir. Agar sigirni homilador holatda ko’rsa, ayoli homilador bo’ladi. Agar sigir sotib olsa, boshliq bo’ladi.