Tushda zanjir, zanjirlamoq | Тушда занжир, занжирламок

ZANJIR (ZANJIR) — Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zanjir gunoh va ma’siyatdir. Agar zanjirni urib, otib yuborganini ko‘rsa, gunohdan tavba qilishi va Xudoyi ta’ologa qaytishiga dalildir.
Jobirning aytishicha, kimki bo‘ynida zanjir borligini ko‘rsa, yelkasida qarzi borligiga dalildir. Agar qo‘llarida zanjir borligini ko‘rsa, birovlarning qo‘llaridagi molga qo‘l uzatishi va haromdan qo‘rqmasligiga dalildir. Agar oyoqlarida zanjir borligini ko‘rsa, odamlarning uylarida ma’siyat va buzuq ishlarni qilishiga dalildir.

ZANJIRLAMOQ (BAND NIHODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar kishi tushida oyog‘iga po‘lat zanjir solinganini ko‘rsa, dini nuqsonli bo‘lishi, yolg‘ondan musulmonlikni da’vo qilishi, baxillik sohibi bo‘lib, undan hech kimga biror narsa yetmasligiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, bir solih odam o‘z qo‘llariga band solinganini ko‘rsa, yoqimsiz va noloyiq kishilardan qo‘l tortishiga dalildir. Agar kishan solinganini ko‘rsa, aytilgan narsa yengilroq va osonroq bo‘lishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar kishi bo‘yniga yog‘ochdan band solinganini ko‘rsa, bo‘ynida birovning omonati borligi va u omonatni ado qilolmayotganiga dalil bo‘ladi. Agar o‘z oyog‘ida yog‘ochdan kishan borligini ko‘rsa, Xaq ta’olo toatidan qolganini bildiradi. Agar bo‘ynidagi tavq kumushdan ekanini ko‘rsa, xotin sababli ranju zahmat yetishiga dalildir. Agar bo‘ynidagi band oltindan bo‘lsa, mol tufayli ranju zahmat tortishini bildiradi. Agar bandi misdan ekanini ko‘rsa, uning ranju zahmati dunyoning kasbi va maishati tufayli ekaniga dalildir.
Agar bandni sindirganini ko‘rsa, diniga nuqson yetishi xavfi borligiga dalildir. Agar oyog‘idagi bandni olib tashlaganini ko‘rsa, podshohlik amalidan xalos bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z oyog‘ida kunda bandini ko‘rsa, munofiq bir odam bilan suhbatdosh bo‘lishini bildiradi. Agar o‘z oyog‘ida arqondan kishan borligini ko‘rsa, unga birorta kishidan manfaat yetishini bildiradi.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, agar amir tushida o‘z oyog‘iga po‘latdan kishan solinganini ko‘rsa, o‘z viloyatidan safarga ketishi va safarda doimiy qolib ketishiga dalildir. Agar kishi har ikki oyog‘iga kishan solinganini ko‘rsa, martaba topishiga dalildir. Agar o‘z oyog‘iga to‘rt band deb ataladigan kishan solinganini ko‘rsa, uning oilasida to‘rt o‘g‘il tug‘ilishiga dalildir.
Agar oyog‘ini banddan ozod qilinganini ko‘rsa, g‘amdan shodlikka chiqishiga dalildir. Agar birorta amir o‘z oyog‘ini zanjir bilan kishanlab qo‘yilganini ko‘rsa, porsolardan foyda ko‘rishini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, uning ishlari osonlashadi. Agar uning bandi kumushdan bo‘lsa, birorta ayolni o‘z nikohiga oladi yoki birorta ayolga oshiq bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar uning bandi oltindan ekanini ko‘rsa, yo safarga borishi yoki bemor bo‘lib qolishiga dalildir. Agar oyog‘idagi bandi po‘latdan bo‘lsa, uzoq safarga chiqishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi band dinning sobitligini bildiradi, chunonchi, janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: Tushda oyoqqa band solinganini yaxshi ko‘raman va g‘ulni (qo‘l va bo‘yinga solinadigan zanjirni) yomon ko‘raman, chunki oyoqqa solingan band dindagi bandalikni bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda bandni ko‘rish to‘rt narsani bildiradi: kufrni; nifoqni; ahillikni va ma’siyatdan qo‘l yuvishni.
Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, qo‘lda g‘ulni ko‘rish zolim podshohning zulmdan qo‘li qisqa bo‘lishini bildiradi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *